» » Google va Facebook O'zbekistonda ish boshlashi uchun shartlarini ma`lum qildi

HI-Tech новости

Google va Facebook O'zbekistonda ish boshlashi uchun shartlarini ma`lum qildi


Google kompaniyasining Jamoatchilik va hukumatlar bilan aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Dovon Ernir kompaniya kelgusida O'zbekistonda ofis ochishga qiziqish bildirgani va buning uchun ayrim shartlarni ma`lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri O'zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining Tadqiqotlar va davlat hamda jamiyatga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig'i Bekzod Hamzayevga tayanib xabar beradi.

Ma`lum qilinishicha, Google kompaniyasi Markaziy Osiyo bo'yicha ofisini O'zbekistonda ochishga qaror qilsa, ko'plab IT mutaxassislariga talab paydo bo'ladi. Xususan, data-IT mutaxassislari, dasturlovchi va serverga xizmat ko'rsatuvchi kadrlarga ehtiyoj oshishi mumkin. Shu tufayli, kompaniya O'zbekistonda IT sohasini yanada rivojlantirish va dasturlash bo'yicha bilimlarni ommalashtirish maqsadida qiymati 3,5 million dollar artofida bo'lgan maxsus Google coding content o'quv dasturini O'zbekistonga bepul taqdim etdi.

«Endilikda oldimizda turgan vazifa aniq va sodda: qo'lga kiritilgan imkoniyatdan foydalanib, dasturlash tillari va kodlarni tezroq o'zlashtirishimiz lozim. Buning uchun ta`lim sohasiga o'ziga xos yechimni taqdim etyapmiz, ya`ni QBox qurilmasi yordamida maktablarda lokal internet hozirlab, Google coding content axborotlarini unga kiritamiz», deydi Bekzod Hamzayev.

Mutasaddi vakilning aytishicha, Facebook kompaniyasi vakili Dovon Ernir ham ayni shu ma`noda kompaniya talablarini bildirgan.скачать dle 12.0

Теги

Комменатрии к новости

  • weyx | Посетители

    Nasib etib ochilsa albatta mutaxassis bo'lib borardim lekin wink


    --------------------

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования