» » Chrome va Firefox brauzerlarida "josus" kengaymalar aniqlandi

HI-Tech новости

Chrome va Firefox brauzerlarida "josus" kengaymalar aniqlandi


AQShning San-Frantsisko shahrilik dasturchi-muhandis Robert Teton Google Chrome va Mozilla Firefox brauzerlarida Stylish nomidagi “ayg'oqchi” kengaymasini aniqlaganini e`lon qildi. Uning ta`kidlashicha, ushbu kengayma internet foydalanuvchining saytlarga tashrifi tarixini yashirincha saqlab qoladi. 

"Atigi bitta cookie fayldan iborat bo'lgan so'rov kifoya qiladi, foydalanuvchi Stylish identifikatoriga umrbod ulanib qoladi", - deydi Teton. Dasturchining aytishicha, bu kengayma barcha ko'rilgan sahifalar haqidagi ma`lumotlarni har bir foydalanuvchi uchun maxsus identifikator bilan o'z serverlariga yuboradi. 


Shunga ko'ra, Tetonning aytishicha, Stylish va SimilarWeb kompaniyasi, ushbu kengaymaga ega har qanday foydalanuvchi haqida ma`lumotga ega. Google Chrome va Mozilla Firefox brauzerlarida ommabop bo'lgan Stylish kengaymasi veb-sahifalarning tashqi ko'rinishini o'zgartirish imkonini beradi. Undan dunyo bo'ylab 1,8 mln kishi foydalanadi.

Manba: Kun.uzскачать dle 12.0

Теги

Комменатрии к новости

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования