» » Dunyoning eng kuchli smartfonlari nomi e`lon qilindi

HI-Tech новости

Dunyoning eng kuchli smartfonlari nomi e`lon qilindi


Taniqli AnTuTu benchmarki jamoasi o'zining Android operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi smartfonlarining iyun oyi reytingini taqdim etdi.

Ta`kidlash joizki, AnTuTu har oy eng top smartfonlar o'nligi ro'yxatini chop etadi. Shuningdek u Android va iOS operatsion tizimlarida yetakchilik qiluvchi smartfonlar ro'yxatini alohida beradi.

Kutilganidek, ro'yxatda yetakchilik qiluvchi smartfonlarning aksariyati Qualcomm Snapdragon 845 protsessorida ishlaydi. Shunday bo'lsa-da, ular turlicha dizaynga ega va Android'ning boshqa-boshqa versiyasida ishlaydi. 

Iyun oyida reytingda Xiaomi kompaniyasining Black Shark o'yin smartfoni yetakchilik qildi. U 287 ming ball to'pladi. Uning eng yaqin raqibi 284 ming ball bilan Vivo NEX bo'ldi. Uchinchi o'rinda esa 282 ming ball bilan OnePlus 6 smartfoniga nasib etdi. Eng kuchli smartfonlar o'nligidan shuningdek Xiaomi Mi 8, Smartisan Nut R1, Samsung Galaxy S9+, Xiaomi Mi MIX 2s, Samsung Galaxy S9, Sony Xperia Z2 va Nubia Red Magic o'rin olgan.

скачать dle 12.0

Теги

Комменатрии к новости

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования