» » Samsung sinmaydigan OLED-ekranni namoyish etdi

HI-Tech новости

Samsung sinmaydigan OLED-ekranni namoyish etdi


Samsung smartfonlar uchun «o'lmaydigan» displey yaratganini ma`lum qildi. U AQSh tegishli muassasalarida sertifikatlashtirishdan o'tgan.  

Samsung Display’dan nafaqat smartfonlar, balki avtomobil konsollari, harbiy ahamiyatga ega mobil qurilmalar, portativ o'yin qurilmalari va planshetlar uchun ham foydalanish mumkin. U plastikdan tayyorlanadi, juda yengil va mustahkam bo'lib, xususiyatlari oddiy oynanikidan aslo qolishmaydi.

Ekran 1,2 metr balandlikdan ketma-ket 26 marta pastga tashlab sinab ko'rildi va hech qanday shikastlanishlarsiz ishlashda davom etdi. U shuningdek o'ta yuqori (+71 daraja) va past (-32 daraja) haroratlarda ham sinovdan o'tkazildi va bu sinovlardan muvaffaqiyatli o'tdi.

Samsung shuningdek uni 1,8 metr balandlikdan tashlab ham sinab ko'rdi. Sinov muvaffaqiyatli yakunlangan. Endi u AQSh mudofaa vazirligi tasdiqlagan harbiy standartlar bo'yicha sinovdan o'tkaziladi.
скачать dle 12.0

Теги

Комменатрии к новости

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования