» » Apple’ning bozor narxi 1 trln dollarga yetdi

HI-Tech новости

Apple’ning bozor narxi 1 trln dollarga yetdi


Apple kompaniyasining bozor kapitalizatsiyasi rasman 1 trillion dollargacha o‘sdi, deb yozadiAfisha Daily. 2-avgust kungi savdolarda kompaniya aksiyalari 207,05 dollardan sotilgan.

Aksiyalar monitoringi servislari avvalroq Apple 1 trillion dollargacha qimmatlashishi haqida xabar bergan edi, ammo bu xato bo‘lib chiqdi.

Aksiyalar qimmatlashuvi Apple tomonidan choraklik hisobotning e’lon qilinishi bilan bog‘liq. Uning natijalari ko‘pchilik tahlilchilar kutgan ko‘rsatkichlardan oshib tushdi. Apple hisob-kitoblariga ko‘ra, kompaniyaning ushbu chorakdagi daromadi 60—62 milliard dollarni tashkil qiladi, bu 2017-yilning shu davriga nisbatan 14—18 foizga ko‘proq demakdir. Apple daromadining katta qismi iPhone savdosiga to‘g‘ri keladi, ikkinchi o‘rinda — AppStore’dagi xaridlar, iCloud va Apple Music’dagi obunalar.

Apple kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshgan ikkinchi kompaniya bo‘ldi. Bungacha Xitoyning PetroChina kompaniyasi 2007-yilda bunday ko‘rsatkichga erishgan.
скачать dle 12.0

Теги

Комменатрии к новости

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования