» » Microsoft kompaniyasi Windows 7 ning “o‘limi” sanasini e’lon qildi

HI-Tech новости

Microsoft kompaniyasi Windows 7 ning “o‘limi” sanasini e’lon qildi


Microsoft kompaniyasi Windows 7 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni yakunlanishining aniq sanasini e’lon qildi. Ushbu bayonotga ko‘ra, eskirgan operatsion tizimni qo‘llab-quvvatlash 2020-yil 14-yanvarda butunlay to‘xtatiladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qiladi.

Kompaniya ushbu sanaga qadar Windows 7 operatsion tizimiga ega bo‘lgan barcha (dunyo bo‘yicha shaxsiy kompyuterlarning 40 foizi) foydalanuvchilarga yangi Windows 10 operatsion tizimiga o‘tishni maslahat beradi.

Microsoft’ning eski operatsion tizimni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga qaratilgan sa’y-harakatlari foydalanuvchilarni turli hujumlardan himoyalanishning  yaxshilangan eng so‘nggi dasturiy ta’minotni ishlatishga undash uchun mo‘ljallangan.

Ma’lumki, Windows 7 operatsion tizimi 2009-yil 22-oktabr kuni chiqarilgan. Shunday qilib, uni qo‘llab-quvvatlash davri 10 yildan ko‘p vaqtni tashkil etadi.скачать dle 12.0

Теги

Комменатрии к новости

  • isoxon | Администратор

    Цитата: jox
    Keyin nima bo'ladi ? Foydalanib bo'lmidimi windows 7 dan ? Nima taqiqlanadimi?

    Yo'q prosta yangi versiya chiqmaydi

  • jox | Посетители

    Keyin nima bo'ladi ? Foydalanib bo'lmidimi windows 7 dan ? Nima taqiqlanadimi?

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования