» » Ozbektelekom uyda internet tezligini oshirish boyicha tavsiyalar berdi

HI-Tech

Ozbektelekom uyda internet tezligini oshirish boyicha tavsiyalar berdi


Ozbektelekom tarifda elon qilingan internet tezligi nima sababdan bazan 100 Mbit/s ni tashkil etmasligi boyicha izoh berdi, shuningdek, internet tezligini oshirish usullarinimalum qildi.

Barchamiz ofis yoki xonadonga qayd etilgan simli Internetni simsiz Wi-Fi tarmogi orqali tarqatilishiga organganmiz. Ammo, Wi-Fi routerimiz qanday Wi-Fi standartlariga javob berishiga juda kam etibor qaratamiz. Avvallari buni bilishning hojati ham yoq edi, chunki provayderdan tarif rejasidagi ulanish tezligi har doim 100 Mbit/s dan past bolgan.

Misol uchun, bugungi kunda abonentlar UNLIM 100 tarif rejasiga ulanayotganda, Wi-Fi tarmogining haqiqiy uzatish tezligi bazida 100 Mbit/s dan past ekanligi malum boladi. Sababi nimada? Muammo nimada: provayderdami yoki uy qurilmasidami?

Avvalo, birinchi navbatda, uyingizdagi Wi-Fi routeringizning texnik imkoniyatlarini organish zarur. Wi-Fi atamasi bilan bogliq koplab standartlar mavjud bolib, ularning barchasi chastota va maksimal malumotlarni uzatish tezligi jihatidan oz xususiyatlariga ega. Ehtimol, aynan sizning qurilmangiz 100 Mbit/s tezlikda ishlaydigan texnik imkoniyatga ega bolmasligi yoki router notogri ornatilgan bolishi hamda oxirgi foydalanuvchigacha bolgan tezlikka tasir etadigan radio tolqinlar uchun tosiqlar mavjud bolishi ham mumkin. Buning bir nechta sabablari mavjud, deyiladi kompaniya xabarida.

Tezlikni qanday oshirish mumkin? degan savolga javoban quyidagicha tavsiyalar berilgan:

Simsiz aloqa ulanish tezligi juda kop turli omillarga bogliq boladi. Imkon qadar, router va abonnt qurilmalari bir xonada joylashishi va ular orasida hech qanday tosiq (devorlar, tosuvchi buyumlar va boshqalar) mavjud bolmagani maqul. Wi-Fi routerining texnik korsatkichlari va uning sozlamalariga kop narsa bogliq boladi. Masalan, bugungi kunda routerlarning eng keng tarqalgan modellari 2.4 GGts (802.11n) standartini qollab-quvvatlaydi, yangi modellar esa 5 GGs (802.11ac) standartiga javob beradi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan malum qilingan tezlik va mazkur standartlar 100 Mbit/s dan ancha yuqori, biroq aslida, haqiqiy tezlik juda past bolishi mumkin.

5 GGts (802.11ac) standartiga javob beruvchi Wi-Fi routerlarni xarid qilishni tavsiya qilamiz. Bunday holda tezlik 5 GHzli chastotada simsiz tarmoqqa nisbatan amal qilish davri ancha kamroq bolsa-da, tezlik yuqori boladi. Agar siz ikki diapazonli routerdan foydalansangiz, provayderga tolovni amalga oshiradigan 100 Mbit/s. tezlikda ulanishning toliq salohiyatini ochish mumkin. Shuningdek, gigabit portlari (tezligi WAN va LAN - 1 Gbit/s.)ga ega routerni ham korib chiqishingiz mumkin.

Manba: kun.uz dle 12.0

:


:

, , .

TAS-IX