» » Xiaomi dunyodagi ilk quyosh batareyasida ishlaydigan smartfon ishlab chiqaradi

HI-Tech новости

Xiaomi dunyodagi ilk quyosh batareyasida ishlaydigan smartfon ishlab chiqaradi


Xiaomi quyosh batareyasida ishlaydigan g‘ayrioddiy smartfonni ishlab chiqmoqda. Bu haqda Spot xabar qiladi.

Ushbu smartfon patenti uchun Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga talabnoma topshirildi.

Qurilmaning asosiy xususiyati — quyosh batareyasi o‘rnatilganligidir. U smartfon orqa panelining deyarli barcha qismini egallaydi, biroq bu gadjetning qalinligiga ta’sir qilmaydi: sxematik rasmlarga ko‘ra, asosiy kamera moduli batareyadan ham qalinroqdir.

Smartfonning asosiy kamerasi ikkitalik. Old kamera bu yerda ko‘rinmaydi: u siljiydigan yoki ekran ostida yashirilgan deb taxmin qilish mumkin.

Yupqa romli displey smartfon old qismining deyarli butun maydonini egallaydi. Barmoq izlari skaneri displeyga o‘rnatilgan.

Bu shunchaki patent, kompaniya g‘oyani hayotga tatbiq etishi va dunyodagi birinchi quyosh batareyasi bilan ishlaydigan smartfonni chiqarishga qaror qiladimi yoki yo‘qmi hozircha noma’lum.скачать dle 12.0

Теги

Комменатрии к новости

  • odilbek2019 | Посетители

    zor zor

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования