» » Telegram’da xabarlarni rejalashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi

HI-Tech новости

Telegram’da xabarlarni rejalashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi


Telegram dasturchilari messenjerga xabarlarni rejalashtirish imkoniyatini qo‘shdi. Bu haqda kompaniya blogida keltirilgan.

Kechiktirilgan xabarni yaratish uchun chatda “Yuborish” tugmachasini ushlab turish va “Keyinchalik yuborish” bandini tanlash va yuboriladigan sana va vaqtni belgilash kerak.

Funksiya, shuningdek, saqlangan xabarlarda eslatuvchi sifatida ishlaydi. Foydalanuvchi o‘zi uchun vazifalar, uchrashuvlar, tadbirlar va boshqa masalalar to‘g‘risida eslatmalarni yaratishi mumkin.

Bildirishnomalarda foydalanuvchi o‘zi ushbu xabarni ilgari rejalashtirganligini tushunishi uchun kalendar belgisi qo‘yiladi.

Shuningdek, ishlab chiquvchilar maxfiylik sozlamalarini yangiladi: endi foydalanuvchi uni telefon raqami orqali topishi mumkin bo‘lgan odamlar doirasini cheklab qo‘yishi, shuningdek, telefon raqamlarni kontaktlar ro‘yxatidan tashqari har kimdan yashirish mumkin.

скачать dle 12.0

Теги

Комменатрии к новости

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования