» » Berlindagi IFAdan O‘zbekistondagi ICTWEEKgacha: Acer 2019 yil taqdimotlarini boshladi

HI-Tech новости

Berlindagi IFAdan O‘zbekistondagi ICTWEEKgacha: Acer 2019 yil taqdimotlarini boshladi


4 sentabr kuni Acer kompaniyasi Berlinda bo‘lib o‘tayotgan IFA- 2019 yuqori texnologiyalarning yirik xalqaro ko‘rgazmasida yangi mahsulotlar taqdimotini o‘tkazdi. ICTWEEK Uzbekistan 2019da kompaniyaning O‘zbekistondagi rejalari va natijalari borasida ma'lumotlarga ega bo‘lish, shuningdek Acerning nufuzli modellari bilan tanishib chiqish mumkin.
IFA- 2019 tashrif buyuruvchilari bir qator yangi modellarga baho berdilar.
Juda nozik Swift: kilogrammdan kam vazndagi noutbuk
Acer Swift foydalanuvchilari uchun noutbukning portativliligi va yuqori unumdorligi o‘rtasida tanlab o‘tirishga hojat qolmaydi. 14,95 mm korpus qalinligida Acer Swift 5 vazni rekord darajadagi 990 gramm, 15,95 mm korpus qalinligida esa Acer Swift 3 vazni — 1,19 kilogrammni tashkil etadi.
  Acer Aspire C 6,8-millimetrli monobloklari veb-kamera uchun ma'lumotlar va shtorkani saqlash uchun disk bo‘shlig‘ining katta hajmiga ega bo‘ldi. Korpusda USB 3.11 porti va printer, o‘yin moslamalari yoki USB-tashuvchilar uchun to‘rtta port hamda qo‘shimcha monitor uchun HDMI porti mavjud.

Planet9 kibersport platformasi
Acer kompaniyasi tomonidan Planet9 platformasi havaskorlar va professional o‘yinchilar uchun yaratilgan. Tizim geymerlar tanishadigan, do‘stlarni qo‘shadigan, bir-birlariga folloverlar bo‘ladigan, jamoalarni to‘playdigan, bir-birlari bilan muloqot qiladigan va onlayn-musobaqalarda ishtirok etadigan uyushma tamoyili bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek Planet9 foydalanuvchilariga trenerni yollash, tajribali o‘yinchilar bilan kurashish va statistikani tahlil qilish yo‘li bilan mahoratni oshirish imkoni mavjud. Hozirgi vaqtda u yopiq beta-versiya testdan o‘tkazilmoqda. Planet9 ning ochilishi 2020 yilning 30 yanvariga rejalashtirilgan.
Predator: haqiqiy geymerlar uchun misli ko‘rilmagan yangi mahsulotlar!
ozik Predator Triton 300 144 Gs monitorning yangilanish chastotasi va 3 ms javob berish vaqtini namoyish etadi. Klaviatura zonalashtirilgan RGB yoritish va Turbo hamda Predator Sense maxsus klavishlariga ega. Noutbuk vazni bor-yo‘g‘i 2,3 kilogrammni tashkil etadi.

Predator Triton 500 - 17,9 mm qalinlikdagi hamda 2,1 kg vazndagi nihoyatda kuchli o‘yin noutbuki. Acer innovatsion texnologiyalari 300 Gs yangilanishlarining haddan tashqari chastotalariga erishish imkonini beradi.
Acer professional o‘yinchilar uchun Predator Thronos Air Gaming kreslosini yaratdi. Po‘lat konstruksiya kreslo, klaviatura va sichqonchali modul, oyoqlar uchun taglik, monitor uchun kronshteyndan iborat. Kabina o‘yinchilarni qiyalik burchagi (kabina ichidan 130 gradus va tashqarisidan 180 gradus) va massaj funksiyasini rostlash imkoniyati bilan quvontiradi. Predator Thronos Air Gamingda 3 ta monitorlarni o‘rnatish imkoni mavjud.Nitro XV3 seriyasi: o‘yinlar jonlanadi
Nitro XV3 — o‘ta yuqori tasvir sifati va yangilanish chastotasi bilan to‘rtta monitor. Foydalanuvchiga 8 ta vizual: ekshn, poygalar, sport, foydalanuvchilik, standart, ECO, grafika va video rejimlaridan foydalanish imkoni mavjud. Dushmanni payqab qolganda vizual afzallikka erishish uchun o‘yinchilarga tanlab olish uchun qora rangning 11 ta darajalari taqdim etiladi. Bo‘shliqni tejash maqsadida monitorni taglikdan ajratib olish va devorga mahkamlab qo‘yish mumkin.ConceptD – professionallar uchun qator
ConceptD qatori multivazifalilik tizimda resurslarning katta hajmiga ega ilovalar bilan ishlash uchun yangi noutbuklar bilan boyidi.
ConceptD 9 Pro chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitish, muhandislik modellashtirish va studiyaviy animatsiya sohasida murakkab vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan. Acer samarali jamoaviy ish uchun noutbukni gorizontal o‘q atrofida aylanadigan qulay ekran bilan ta'minlanadi.ConceptD 7 Pro quvvat va portativlilik o‘rtasidagi muvozanatni izlaydigan ma'lumotlarga ishlov berish bo‘yicha mutaxassislar, dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilari, muhandislar va dizaynerlarga to‘g‘ri keladi. Korpus qalinligi 17,9 mm, vazni esa — 2,1 kilogrammga teng.Acer C250i proyektori: har qanday yuzalarda sifatli proyeksiya
Portativ LED-proyektori smartfon ichidagi narsalarni turli xil burchaklar ostida devorlar, shiplar va har qanday yuzalarga tagliklar, shtativ va simlarsiz proyeksiya qilish imkonini beradi. Acer C250i portret rejimiga avtomatik tarzda o‘tish va yonlari bo‘yicha qora chiziqlarsiz strim yoki  videochatdan tasvirni translatsiya qilish funksiyasi bo‘lgan dunyodagi birinchi proyektorga aylandi.Shuningdek, IFA 2019 da Acer kun-u tun ishlash imkoniyati bilan — ko‘rgazma maydonchalari, tadbirlar va konferens-zallar – biznes uchun PL1 lazer proyektorlarini tarqatdi.
скачать dle 12.0

Теги

Комменатрии к новости

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования