» » 7 ta ekranli noutbuk ishlab chiqildi

HI-Tech новости

7 ta ekranli noutbuk ishlab chiqildi


Britaniyaning Expanscape kompaniyasi 7 ta ekranga ega dunyodagi ilk noutbukni taqdim etdi. Aurora 7 deb nomlangan gadjet professionallar uchun mo‘ljallangan, deb xabar berdi Somag News nashri.

Noutbukning asosiy ekraniga yana beshta displey biriktirilgan bo‘lib, 7-ekran noutbuk klaviaturasi tagida joylashgan. 4 ta ekran 17,3 dyuym o‘lcham va 4K sifatga, qolgan 3 ta ekran esa 7 dyuym o‘lcham va Full HD sifatga ega.

Qurilmaning batafsil texnik ko‘rsatkichlari va narxi ma'lum qilinmagan. Ta'kidlanishicha, yangi gadjet 4 yadroli Intel i7 protsessorida ishlaydi va 64 Gbayt tezkor xotiraga ega.

Qurilmani ishlab chiquvchilarning ta'kidlashicha, gadjet ustida hali ishlanmoqda va yaqin orada uning sotuvga mo‘ljallangan tayyor varianti chiqariladi. Kompaniyada ta'kidlanishicha, bunday kompyuter dasturchilar, kiberxavfsizlik va boshqa sohalardagi mutaxassislar uchun zarur hisoblanadi.  скачать dle 12.0
Внимание! У Вас нет прав для просмотра скрытого текста.

Теги

Комменатрии к новости

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования