» » Copy, Paste va Cut buyruqlarini yaratgan dasturchi Larri Tesler 74 yoshida vafot etdi

HI-Tech новости

Copy, Paste va Cut buyruqlarini yaratgan dasturchi Larri Tesler 74 yoshida vafot etdi


Kompyuterdagi asosiy buyruqlardan hisoblangan Copy, Paste va Cut buyruqlarini ishlab chiqqan dasturchi Larri Tesler 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Teslerning eng katta ishlaridan biri Cut (“Kesib olish”), Copy (“Nusxa olish”) va Paste (“Qo‘yish”) (Ctrl+X, Ctrl+C, Ctrl+V) buyruqlarini ishlab chiqqani bo‘lgan. U bundan boshqa dasturlarni ham yaratgan bo‘lib, ular yordamida shaxsiy kompyuter haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish va undan foydalanish yengillashgan.

Larri Tesler 1945-yilda Nyu-Yorkda tug‘ilgan. U Kaliforniyadagi Stenford universitetini bitirgan. Universitetdan keyin u “Foydalanuvchi interfeysi” ustida ishlagan hamda shaxsiy elektron hisoblash mashinasini ma’lum buyruqlar, grafika va boshqa dasturlar vositasida oddiy foydalanuvchi uchun tushunarliroq qilishga erishgan.

U Kremniy vodiysida ishlashni boshlagan 1960-yillar boshida hali kompyuterlarni tushunish qiyin, mutaxassislargina buning uddasidan chiqa olardi. O‘zining uzoq yillik mehnati davomida Tesler Xerox Palo Alto Research Center’dan tortib Apple’gacha bo‘lgan turli yirik texnologik kompaniyalarda ishlagan.

Tesler Cut, Copy va Paste buyruqlarini 1983-yilda Apple firmasining dasturiy ta’minotida, Lisa kompyuterining ilk ko‘rinishlaridan birida tayyorlangan. 1948-yilda esa buyruqlar yangi chiqqan birinchi Macintosh kompyuteriga o‘rnatilgan.скачать dle 12.0
Внимание! У Вас нет прав для просмотра скрытого текста.

Теги

Комменатрии к новости

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования