» » Telegram Pavel Durovga yordamchi izlamoqda

HI-Tech новости

Telegram Pavel Durovga yordamchi izlamoqda


Telegram jamoasi kompaniya bosh direktori Pavel Durovga yordamchi izlamoqda. Bu haqda “Vc.ru” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yordamchi Telegram rahbari uchun kun tartibini tuzishi, chiptalarni xarid qilish va sayohatlarni tashkil etish va boshqa vazifalarni bajarishi kerak bo‘ladi.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar orasidan yuqori IQ, ingliz tilini mukammal bilish, yuqori darajada yozish va so‘zlash qobiliyati, aniqlik va e’tiborlilik, shuningdek asosiy moliyaviy ko‘nikmalar, ehtiyotkorlik va qat’iyatlilik o‘rin olgan. Nomzodlar Telegram’dagi bot yordamida o‘z hujjatlarini jo‘natishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Pavel Durov 15 yildan beri spirtli ichimliklar, kofein, go‘sht, tabletka, fast-fud iste’mol qilmaydi. Yaqinda u faqat baliq iste’mol qila boshladi va yozda esa umuman ovqatdan bosh tortishga qaror qilgan.

Avvalroq, Pavel Durov WhatsApp’dagi xavf haqida gapirgan hamda Jeff Bezosning iPhone’i ushbu messenjerdagi zaiflik sabab kiberhujumga uchraganini bildirgan edi.скачать dle 12.0
Внимание! У Вас нет прав для просмотра скрытого текста.

Теги

Комменатрии к новости

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования