» » Dunyodagi eng kuchli Android-smartfonlar nomi e’lon qilindi

HI-Tech новости

Dunyodagi eng kuchli Android-smartfonlar nomi e’lon qilindi


AnTuTu benchmarki aprel oyining eng yuqori samaradorlikka ega top smartfonlar reytingi bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

AnTuTu ro‘yxatining eng yuqori qismidan Xiaomi Mi 10 Pro yangi flagmani 593 ming ball bilan o‘rin olgan. Smartfon Snapdragon 865 protsessorida ishlaydi va unga 8 gigabayt tezkor xotiraga ega LPDDR5 o‘rnatilgan.

Ikkinchi o‘rin esa OnePlus 8 Pro’ga nasib etgan — reytingda 582 ming ball. Mazkur smartfonga ham Snapdragon 865 o‘rnatilgan va uning tezkor xotirasi 12 gigabaytga teng bo‘lsa-da, pastroq ball to‘plagan. Taxminlarga ko‘ra, OnePlus issiqlikni kamaytirish va quvvatni tejash maqsadida maksimal va uzluksiz yuklamada ishlashni biroz pasaytirishga harakat qiladi.

Kuchli uchlikka 580 ming ball bilan Xiaomi Mi 10 flagmani yakun yasagan — Snapdragon 865 protsessori va 8 gigabayt tezkor xotira. Reytingning keyingi pog‘onalari quyidagi tartibda tuzilgan:

  • Samsung Galaxy S20 Ultra 5G (Exynos 990) — 519 ming ball
  • Samsung Galaxy S20+ 5G (Exynos 990) — 518 ming ball
  • ASUS ROG Phone II (Snapdragon 855+) — 509 ming ball
  • Samsung Galaxy S20+ (Exynos 990) — 505 ming ball
  • Samsung Galaxy S20 5G (Exynos 990) — 503 ming ball
  • OnePlus 7T (Snapdragon 855+) — 496 ming ball
  • OnePlus 7T Pro (Snapdragon 855+) — 496 ming ball

AnTuTu’ning samaradorlik natijalari smartfon quvvatini alohida vazifalarda baholash imkonini beradi — bu qurilmaning real holatdagi ishlash ssenariysiga bilvosita ta’sir qiladi.скачать dle 12.0
Внимание! У Вас нет прав для просмотра скрытого текста.

Теги

Комменатрии к новости

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования