» » YouTube Xitoyda 10 yildan beri blokda bo‘lishiga qaramay, uning foydasiga senzura qilayotgani fosh bo‘ldi

HI-Tech новости

YouTube Xitoyda 10 yildan beri blokda bo‘lishiga qaramay, uning foydasiga senzura qilayotgani fosh bo‘ldi


YouTube xitoychada “kommunistik bosqinchi” va “50 sentli partiya” so‘zlari yozilgan Xitoy Kommunistik partiyasiga taalluqli izohlarni o‘chirishni boshladi, deb xabar beradi The Verge.

Xitoychada qoldirilgan izohlar 15 soniyada yo‘qolib qoladi, bu ular avtomatik ravishda o‘chirilayotganidan dalolat beradi. Shu turdagi so‘zlar ingliz tilida yozilsa, videoxosting boti ularga teginmagan.

Videoservis vakili bu kabi izohlar o‘chirilayotganini tasdiqlagan, biroq bu tizim xatoligi sabab sodir bo‘layotganini ma’lum qilgan. Bu kabi xatolik nima sababdan va qanday yuzaga kelganiga esa aniqlik kiritmagan.

YouTube Google’ning boshqa servislari kabi Xitoyda 2009-yildan beri bloklangan. Bunga korporatsiya mamlakat hukumatining Xitoyda qidiruv tizimini senzuradan o‘tkazish talabidan bosh tortgani sabab bo‘lgan.

2018-yilda Google Xitoyda senzurali qidiruv tizimini ishga tushirishni istagan, biroq oxir-oqibat bu niyatidan qaytgan.
скачать dle 12.0
Внимание! У Вас нет прав для просмотра скрытого текста.

Теги

Комменатрии к новости

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования