» » Dunyodagi eng kuchli superkompyuter nomi ma’lum bo‘ldi

HI-Tech новости

Dunyodagi eng kuchli superkompyuter nomi ma’lum bo‘ldi


Dunyodagi eng kuchli TOP500 superkompyuterlar reytingining 55-nashri taqdim etildi. Ma’lumotlar reytingning rasmiy saytida e’lon qilingan.

Reytingning yuqori pog‘onasi birinchi bor Yaponiyaning Fugaku superkompyuteriga nasib etgan. U Fujitsu kompaniyasi va RIKEN tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan. Ta’kidlanishicha, yapon qurilmasi so‘nggi bor bundan to‘qqiz yil oldin reytingda birinchi o‘rinni egallagan edi.

Superkompyuter Yaponiya g‘arbidagi Kobe shahrida joylashgan. Hisoblash mashinasi raqobatchilarini oltita asosiy parametrning to‘rttasi bo‘yicha ortda qoldirgan. Ular orasida hisoblash tezkorligi ham bor.

Fugaku soniyasiga 400 kvadrilliondan ortiq operatsiyani bajaradi. Bu reytingning avvalgi nashrida birinchilikni egallagan Amerika kompyuteridan salkam uch barobarga tez demak.

Shuningdek, Fugaku sanoat, sun’iy intellekt uchun amaliy dasturlari va “katta ma’lumotlar” tahlilini hisoblashda ham eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgan.скачать dle 12.0
Внимание! У Вас нет прав для просмотра скрытого текста.

Теги

Комменатрии к новости

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования