» » Qizil kalit: kompyuterdagi malumotlarni zudlik bilan ochirib tashlashga qodir fleshka yaratildi

HI-Tech

Qizil kalit: kompyuterdagi malumotlarni zudlik bilan ochirib tashlashga qodir fleshka yaratildi


Fayllarni, masalan, suratni ochirib tashlash har doim ham oson bolavermaydi, aksariyat malumotlarni baribir qayta tiklash mumkin. Bu esa malum darajadagi xavfni yuzaga keltiradi, ayniqsa, gap eski qurilmani sotish haqida ketganda. Bu kabi holatlar uchun Redkey USB Computer Data Wipe Tool paydo boldi,

Devays USBkonnektorga ega eshik kaliti shaklida ishlangan. Ixtirochilar undan foydalanishni maksimal darajada osonlashtirgan: uni shunchaki kompyuterga ulash va bir-ikkita klavishlarni bosish kerak xolos. Jarayonni boshqarish uchun kengaytirilgan sozlamalar menyusidan ham foydalansa boladi.

Redkey uchun barcha malumotlarni ochirishga bir necha soniyadan ikki daqiqagacha vaqt talab etiladi. Loyiha mualliflari zarur fayllardan nusxa olib qoyishni tavsiya qiladi kalitdan foydalangandan song ularni ortga qaytarib bolmaydi. Ochirish dasturi yozib oladigan barcha qurilmalarda ishlaydi.

Kalitdan kompyuterdagi barcha malumotlarni ochirishdan tashqari raqamli hujjatlar uchun moljallangan shrederlarda ham foydalansa boladi. Redkey dunyo boylab turli mudofaa tashkilotlari tomonidan ornatilgan NIST, GDPR va boshqa qator malumotlarni ochirishga moljallangan global standartlarga mos keladi.

Shuningdek, ixtirochilar undan foydalanishdagi qulaylikni ham yoddan chiqarmagan. Kompyuterdagi malumotlar ochirilayotgan bir vaqtda qurilma ekranida Yerning turli nuqtalaridagi skrinseyverlar surati paydo boladi.

Redkeydan 2000-yildan keyin ishlab chiqarilgan kompyuterlarda foydalanish mumkin. Minimal talab: Windows operatsion tizimi va 512 megabayt tezkor xotira yoki 20062016-yillarda oddiy USBportga ega Intel protsessorida yaratilgan Apple kompyuterlari. Aftidan, yangi Type-Cli MacBookda bu foyda bermaydigan korinadi.
dle 12.0
! .

:


:

, , .

TAS-IX