» » iPhone 12 ning asosiy kamchiligi ma’lum qilindi

HI-Tech новости

iPhone 12 ning asosiy kamchiligi ma’lum qilindi


iPhone 12 liniyasidagi iPhone 12 Pro smartfonining kamchiligi - batareyasining ishlash muddati kamligida. Bu haqda "The Verge" nashrida ma’lum qilingan.  

iPhone 12 Pro batareyasining ishlash muddati 4G va 5G tarmoqlari o‘rtasida juda katta farq qiladi. Bu haqda nashr Bosh muharriri Nilay Patel ta’kidlagan. 
 
Smartfonning batareyasi muddatini sinab ko‘rish maqsadida jurnalist beshinchi avlodning barqaror tarmog‘i zonasi mavjud bo‘lgan Nyu-Yorkka borgan. Natijalar uning hafsalasini pir qilgan. Ekran taxminan 2,5 soat yonib turgandan so‘ng, smartfonda 18 foiz quvvat qolgan.
 
Patel 5G va mmWave tarmoqlaridan foydalanganda farq yana ham sezilarli bo‘lishini ta’kidlagan. Chunki mmWave'da ko‘proq energiya sarflanadi.
 
Yuqoridagi muammolarni Engadget mualliflari ham tasdiqlagan. Ular smartfon batareyasining ishlash muddati ko‘proq bo‘lishini xohlovchilarga seriyaning yosh modellarini emas, balki iPhone 12 Pro Max'ni sotib olishni maslahat berishgan.
 
Shunday qilib, Amerika nashrlari mualliflari batareyasining ishlash muddati kamligi - yangi smartfonlarning asosiy kamchiliklaridan biri ekanligini aytmoqda.
 
Shuningdek, "The Verge" Bosh muharriri batareyaning ishlash muddati bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritish uchun Apple'ga murojaat qilgan. Kompaniya vakillari akkumulyator batareyasi to‘liq bir kunga yetishini aytgan.
 
Jurnalistning xulosasiga ko‘ra 2019 yilda taqdim etilgan iPhone 11 smartfonlari batareyasining ishlash muddati hozirgi flagmanlarga qaraganda yaxshiroq.

скачать dle 12.0
Внимание! У Вас нет прав для просмотра скрытого текста.

Теги

Комменатрии к новости

Написать свой комментарий:

Информация

Сообщаем Вам:

Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.

Скачат Софт TAS-IX

Индекс цитирования